5 sentyabrdan dollarni davlat kursida sotish boshlanadi.
- Подробности
- Просмотров: 15912
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2 sentyabrda "Valyuta siyosatini erkinlashtirish bo'yicha dastlabki choralar to'g'risida”gi Farmonni imzoladi. Hujjat matni davlat rahbarining rasmiy saytida e'lon qilindi.
Farmonga muvofiq, joriy yilning 5 sentyabridan O'zbekiston Respublikasi yuridik shaxslari joriy xalqaro operatsiyalar (tovarlar, mehnatlar va xizmatlar importi, foydani repatriatsiya qilish, kreditlarni so'ndirish, safar xarajatlarini to'lash va boshqa savdoga oid bo'lmagan o'tkazmalar) bo'yicha xorijiy valyutani tijorat banklaridan cheklanmagan miqdorda xarid qilishlari mumkin.
Banklarda dollar sotuvi qanday bo'lmoqda?
- Подробности
- Просмотров: 495172
Xabaringiz bor O'zbekistonning barcha banklarida 5-sentyabrdan boshlab erkin valyuta sotilishi boshlandi. Mijozlar qulay sharoitlarda va tez fursatda valyuta sotib olishmoqda va sotishmoqda.
Valyuta shaxobchalarida avvaligidek uzundan uzun navbatlar yo'q, oshib borsa 3-4 ta odam. Bu bir tarafdan davlatga ham foyda, ham xalq uchun juda qulay.
Xorijiy kartalardan davlat kursida sum yechib olish mumkin bo'ladi.
- Подробности
- Просмотров: 4556
Kuni kecha 13-yanvar kuni poytaxtimizdagi "Taraqqiyot strategiyasi" markazida iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo'nalishlari bo'yicha press-brifing muhokamasi bo'lib o'tdi, unga ko'ra bankomatlar orqali chet el valyuta kartalaridan avtomatik tarzda konvertatsiya qilib milliy valyutada yechib olish masalasi ko'ndalang qo'yildi.
Markaziy bank 100 ming so'm pul banknotasini chiqarmoqchimi?
- Подробности
- Просмотров: 24511
O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki shu yil ham yurtimizda naqd pul muomalasini yanada takomillashtirish va qulaylashtirish borasida ishlar davom etishini ma'lum qildi. Qulaylashtirish borasida yanada yirikroq banknotani muomalaga chiqarish masalasi ko'rib chiqilmoqda. Bundan ko'rinib turibdiki 100 ming so'mlik banknota chiqib qolsa ajab emas.