- Подробности
- Просмотров: 132672
Qishloq qurilish banki zamonaviy va jahon talablariga javob bera oladigan xizmatlar ko'rsatish ko'lamini kengaytirish maqsadida poytaxtimizning Mirobod dehqon bozori yonginasida o'z-o'ziga xizmat ko'rsatuvchi bankomatlar o'rnatdi. Ushbu bankomatlar haftasiga 7 kun 24 soatdan to'xtovsiz xizmat ko'rsatadi. Shaxobchada zamonaviy bankomatlar, infokiosk, infomonitor va "Internet banking" xizmatlarini amalga oshiriladi, shu jumladan yuridik shaxslar va tadbirkorlar uchun klaviaturali infokiosk ham o'rnatildi.
- Подробности
- Просмотров: 621914
2018-yil boshlarida Dollaruz.net AloqaBank tomonidan avtokredit berilayotganligi haqida ma'lumot bergan edik. O'sha vaqtdan hozirgi kungacha bozorda ko'p o'zgarishlar bo'lib o'tdi: bozorda yangi o'yinchilar paydo bo'ldi, shartlar o'zgardi, foizlar kamaydi. Ushbu maqolada - birlamchi bozordan faqatgina yangi avtomobillarga avto kreditlar ko'rib chiqilgan.
- Подробности
- Просмотров: 135830
Dollar kursi O'zbekistonda valyuta siyosatini liberallashtirishdan keyin birinchi marta 8000 so'mdan pastroq ko'rsatkichga tushdi. Markaziy bank chet el valyutalarining yangi ko'rsatgichini e'lon qildi - unga ko'ra dollar 7997,9 so'm yangi minimal ko'rsatgichni tashkil qildi.
- Подробности
- Просмотров: 27343
Hamkor Mobile - innovatsion yechim.
Bank ma'muriyatining xabariga ko'ra ushbu onlayn dasturi Visa yoki UnionPay valyuta kartalariga biriktirish imkonini beradi va internet orqali be'malol dollar yoki evro valyuta hisob raqamini ochishingiz mumkin.
- Подробности
- Просмотров: 7883
Raqamlar: 2017-yilning yakunida O'zbekiston Rossiyadan pul ko'chirmalar hajmi bo'yicha birinchi o'rinni egalladi.
Rossiya Markaziy bankining berilgan ma'lumotlariga ko'ra 2017-yilda Rossiyadan O'zbekistonga 3 milliard 902 million dollar pul ko'chirishgan. Ushbu pullarning 3,1 milliardini O'zbekiston fuqarolari qolgan 771 millionini Rossiya fuqarolari ko'chirishgan. Ushbu raqamlarni inobatga olgan holda 2017-yilning yakunida pul ko'chirmalar hajmi bo'yicha O'zbekiston birinchi o'rinnni oldi.
- Подробности
- Просмотров: 6557
Ushbu qaror Prezidentimiz tomonidan juma kuni ko'rib chiqildi va tasdiqlandi. Bugungi kungacha O'zbekistonliklar uchun o'zlarining xalqaro kartalaridan naqd pulni faqat chet elda yechib olish imkoni bor edi. Qarorda ko'rsatilishicha, O'zbekiston banklarida naqd chet el valyutasini to'g'ridan to'g'ri sotib olish imkoni yo'q, faqatgina xalqaro kartalarga ko'chiriladi. Keyinchalik xorijiy kartalardan naqt chet el valyutalarini yechib olish imkoni bor, horijiy naqd valyutani yechishda qulaylik tug'dirish uchun bankomatlar qo'yiladi. Qiziqarlisi shuki, O'zbekistondagi tijorat banklari o'z xoxishiga qarab valyuta yechishdagi miqdor va me'yorlarini belgilaydi.
- Подробности
- Просмотров: 12138
O'zbekiston Markaziy Banki ushbu haftaning yangi valyuta kursini e'lon qildi. Ushbu ma'lumotga ko'ra chet el valyutasi O'zbekiston bozorida o'z qadrini yo'qotmoqda. Evro va dollarning sezilarni pasayishi so'ngi oy davomida sezilardli darajada kuzatilmoqda. Makraziy bankning qayd etishicha Amerka dollari kursi yana 23 so'mga pasaydi. Jami pasayishlar oy davomida 50 so'm atrofida bo'ldi.
- Подробности
- Просмотров: 12308
O'zbekiston Respublikasi oltin-valyuta zaxirasi to'g'risidagi Markaziy Bank tomonidan ko'rsatilgan aniq ma'lumot.
Oltin zaxirasi - bu har bir davlatning himoya yostiqchasi hisoblanadi. Krizis davri boshlanganda yoki valyuta rezervi tanqisligida ushbu oltin zaxirasini sotish yoki garovga qo'yish mumkin bo'ladi. Chunki u haligacha jahon bozorida o'z qiymatini yo'qotmagan. Lekin uning mavqeyi hozirgi kunga qaraganda avval yuqoriroq edi. Chunki oltin universal jahon valyutasi edi. barcha jahon savdolari u bilan hisob-kitob qilinar edi. Oltin zaxirasining hajmi milliy valyutaning qadr-qiymatini aniqlab berar edi va qacha ko'p oltini bor davlat, o'shancha ko'p kupyura bosib chiqararishi mumkin bo'lgan. Bu valyutaning inflyatsiya darajasini meyorida ushlab turishga yordam berar edi. 1944-yilgacha barcha dunyo davlatlari zaxiralarini faqatgina oltinda to'ldirishardi.
- Подробности
- Просмотров: 868538
"AloqaBank" tomonidan taqdim etilayotgan avtokredit eng qulay bo'lib boshlang'ich to'lov atiga 30% ni tashkil etadi, qo'yiladigan 30 foiz ham yillik 11 foizlik omonotga qo'yiladi, kredit olish uchun bank shartlaridan tashqari sizdan faqatgina dillerdan shartnoma olib kelishingiz so'raladi. Eslatma omonatga 30% foizdan ortiq mablag' qabul qilmaydi agar siz 50% to'lamoqchi bo'lsangiz qolgan 20%zi kreditni qoplashga sarflanadi.
Aytgancha uz-avto.ru sayti orqali siz kunlik shartnomalar sonini ko'rishingiz mumkin va kreditni hisoblash uchun qulay kalkulyator joylashtirilgan. E'tiboringiz uchun rahmat.
NEXIA R2 2chi pozitsiyasi xisoblab ko'rildi
- Подробности
- Просмотров: 25409
O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki shu yil ham yurtimizda naqd pul muomalasini yanada takomillashtirish va qulaylashtirish borasida ishlar davom etishini ma'lum qildi. Qulaylashtirish borasida yanada yirikroq banknotani muomalaga chiqarish masalasi ko'rib chiqilmoqda. Bundan ko'rinib turibdiki 100 ming so'mlik banknota chiqib qolsa ajab emas.