×
Telegram

Подпишитесь на наш Telegram-канал

Будьте в курсе последних новостей и обновлений!

Подписаться

O'zbekistonda 2021-yilning birinchi yarmida yalpi ichki mahsulot hajmi necha foizga o'sdi?


Yalpi ichki mahsulotDavstatqo'm xabar berishicha, 2021-yilning yanvar-iyun oylarida O'zbekistonda yalpi ichki mahsulot (YaIM) hajmi joriy narxlarda 318,5 trln. so'mni tashkil etdi.

2020-yilning mos davri bilan taqqoslaganda o'sish - 6,2 % tashkil etadi.

YaIM o'sishi iqtisodiyotning asosiy tarmoqlaridagi - qishloq, o'rmon va baliqchilik xo'jaligida 1,8 %, sanoatda 8,5 %, qurilishda 0,1 % va xizmatlar sohasida 8,0 % darajasida qayd etilgan ijobiy o'sish sur'atlari hisobiga ta'minlandi.

Hududlar kesimida yuqori o'sish sur'atlari Toshkent sh. (14,0 %), Sirdaryo (12,3 %), Toshkent (7,8 %) va Qashqadaryo (7,7 %) viloyatlarida qayd etildi.