O'zbekistonda 1-dekabrdan nima o'zgarishlar bo'ladi?
- Подробности
- Просмотров: 7145
Adliya vazirligi 1-dekabrdan qonunlarda qanday o'zgarishlar kutilayotgani haqida aytib o'tdi.
1. Kuchli moddalar tarkibidan tashkil topgan dorilar faqat ayrim dorixonalarda sotiladi.
2019-yilning 1-dekabridan boshlab tarkibiga kuchli moddalar kiritilgan dori vositalarining chakana savdosi faqat ijtimoiy dorixonalarda, shuningdek, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni saqlash va sotish uchun litsenziyaga ega dorixonalarda sotiladi.
O'zbekistonda 2020-yil avto kredit xolati
- Подробности
- Просмотров: 23028
Banklarda avto kredit berish uchun sharoitlar 2019-yilga nisbatan qanday o'zgarishlar kuzatildi.
2019-yil dekabr oyida aniq bo'lishicha, avto kreditdan qarzdorlar 2,7 barobarga oshgan. Bunday kreditlar bo'yicha qarz yuki 67.3% hollarda tavsiya etilgan darajadan oshadi. 2019-yilning 1-iyul xolati bo'yicha O'zbekistonda avtomobil kreditlari bo'yicha 85 ming dona debitor qarzdorlik mavjud edi, bu 2018-yilning xuddi shu davrga nisbatan 2.9 barobar va 2017-yildan 12 marta ko'p degani. Yopilmagan avtokreditlar umumiy soni 4519 ta, bu 2018-yilga nisbatan 2.7 marta ko'proq va 2017-yilga nisbatan 19 marta ko'proq.
2020-yil eng daromadli valyuta omonat turlari
- Подробности
- Просмотров: 135380
2020-yil yanvar oyida O'zbekistonda eng daromadli valyuta omonatlari.
Xorijiy valyutadagi depozitlarning maksimal stavkasi - 8%. Banklar foizlarning kapitalizatsiyasini taklif qila boshladi.
Markaziy bank ma'lumotlariga ko'ra, 2019-yilning oktyabr oyida xorijiy valyutadagi depozitlar bo'yicha o'rtacha foiz stavkasi 5,3% ikki yil ichida rekord ko'rsatkichga erishgan edi, keyin shu yilning dekabr oyida eng past ko'rsatkichga 4% tushib ketdi.
Qonuniy valyuta bozori sezilarli darajada o'sdi.
- Подробности
- Просмотров: 29315
O'zbekistonliklar chet el valyutasini asosan AQSh dollarini banklardan bir necha marotaba ko'proq va tez-tez sotib olishga kirishdilar. Markaziy bank ma'lumot berishicha: Tijorat banklari tomonidan jismoniy shaxslarga sotilgan xorijiy valyuta hajmi 2019-yilda sezilarli darajada oshdi. Ikki yil ichida bunday operatsiyalar soni 10 marotaba oshdi - 362 659 tadan 3 095 806 tagacha. Ularning hajmi 974,7 million dollardan 1,8 milliard dollargacha oshdi. 2018 va 2019-yilda o'sish avgust oyida yuqorilagan bo'lsa, lekin banklarga naqd valyutani sotish uchun ruxsat berilgandan so'ng kuchli to'lqin bilan o'sish yanada oshdi — miqdori ikki barobarga oshdi.